Biznesda pul nazorati yo’q, “Qancha kirim bo’ladi ?”, “Qancha chiqim bo’ladi ?”, oy oxiriga kelib yana pul yetkiza olmaslik. Bu ham mayli hattoki ayrim xodimlar 3 oy davomida ish haqi ololmagan.
Bunday holatda zudlik bilan moliyachi direktorimiz pul nazoratini qo’lga olish uchun “Cash Flow” hisobotini joriy qildi va kunlik “Kassa” chiqarish holatiga olib keldi. Biznesda oylik majburiyatlar aniq bo’lmaganligi sababli, majburiyatlar aniqlandi.
- Shu kungacha biznes foydadami yoki zararda aniq javob yo’q edi. Chunki moliya tizimiga ma’lum bir shaxs javobgar emas edi. Uni ustiga hisobotlar “Ручной” qog’oz ruchka formatida yuritilgan. Bu muammoni “P&L” hisoboti orqali bartaraf etdik va hozirgacha biznes foydadami yoki zararda aniq raqamlarda ko’rib kelyapmiz.
- “Moliya modeli” orqali biznesning “Zararsizlik nuqtasi” aniqlandi va to’liq raqamlar asosida rejalar qo’yib berildi. Barcha harakatlar bizdan 5 oy vaqt talab qildi.
Hozida pul nazorati to’liq qo’lga olindi. “Kassa” 0 holatiga olib kelindi. “Moliya modeli”dagi rejalar bajarilib biznes daromadi 150% - 200% ga oshdi. Shuni natijasida biznesda pul yeg’ildi va pul taqchilligiga yechim bo’ldi.
Hozirgacha hamkorimiz bilan muvafaqiyatli ishlab kelyapmiz. Sizning ham biznesingizda moliya tizimida muammo bo’lmasligini tilab qolamiz.