Bir kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanadigan savdo kompaniyasini 4 ta filiali bor edi. Biznes egasi biznesdan pul olishga ikkilanardi. Aynan shu sababdan biznesdagi barcha pullarini shaxsiy pullari bilan birgalikda boshqarardi. Kompaniyada moliya bo‘limi faoliyati tartibga solinmaganligi uchun pulni faqatgina o‘zi boshqarardi.
Bundan tashqari biznes egasi ta’sischilari 5-filialni ham ochmoqchi edi, ammo ushbu filialni ochish uchun sarflanadigan pullarni o‘z mablag‘laridanmi yoki biznesdagi pullardanmi, qaysi biridan qancha ishlatishni bilmasdi, ikkilanardi. Pul yo‘qolishi vahimaga solardi. Yuqoridagi qo‘rquvlarini oldini olish va to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun “Jetso” autsorsing agentligiga murojaat qilishdi.
Biz tomonimizdan biriktirlgan moliyachi direktor birinchi navbatda pullarni boshqarish uchun mas’ul moliyachi menejer biriktirib oldi. Ushbu moliya menejeri bilan birgalikda oldingi yillarda tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni tahlil qilib chiqdi. Tahlil natijasi shuni ko‘rsatdiki, biznes ishlab topayotgan sof foyda 60 foiz aniqlikda chiqayotganligini hamda biznesda boshqaruv hisobotlari yo‘lga qo‘yilmaganligini aniqladi.
Aynan shuning uchun moliyachi direktor birinchi navbatda boshqaruv hisobotlari, ya’ni Pul oqimi (Cash Flow), Foyda va zarar (Profit and Loss), Boshqaruv hisobotlari (Balance sheets) ni yo‘lga qo‘ydi.
Boshqaruv hisobotlari 4 ta filialdan 1 tasi keltirayotgan daromad va sof foyda qoniqarli ekanligini, qolgan 3 ta filial 30-50 foiz samaradorlikda ishlayotganligini ko‘rsatdi. Biznes egasi buni ko‘rib uni qoniqtirmasligini ta’kidladi. Shundan keyin 2023-yilda 5-filialni ochish o‘rniga, qolgan 3 ta filialni samarasini 80-90 foizga chiqarish rejasi qo‘yildi.
Yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqib 2023-yil uchun moliya modeli tayyorlandi hamda budjet pul oqimi, budjet foyda va zarar, budjet balans tayyorlandi. Moliya modeli birinchi navbatda shuni ko‘rsatdiki, ta’minot bo‘limi olib kelayotgan mahsulotlar xaridorgir bo‘lishi kerakligini, kiyimlar jozibador va bozorda ehtiyoj hosil qila oladigan kiyim bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Ta’minotchi tahlil qilib Turkiya davlatidan Xitoy davlatiga borishni afzal ko‘rdi.
Bu qaror esa 1 oydayoq o‘z natijasini berdi. Qolgan 3 ta filialga qo‘yilgan reja ham 90-100 foiz aniqlikda bajarila boshladi.
Biznesning samarasi oshirib olingandan keyin, Foyda va zarar hisobotiga asosan sof foyda to‘g‘ri hisoblandi va ushbu sof foyda FONDlarga ajratilib, keyingi 5-filialni ochishga va onlayn bozorni kengaytirish uchun mablag‘lar yig‘ildi. Xozirgi kunda biznes egalari 5-filial, STM va onlayn bozorni rivojlantirish uchun rejalar tuzib chiqmoqdalar.