Assorti non ishlab chiqarish fabrikasi katta miqdorda non mahsulot ishlab chiqaradi va ishlab chiqargan nonlarni Toshkent shaxar tumanlari bo‘yicha 1000 dan ortiq aktiv do‘konlarga ekspeditorlar orqali tarqatadi. Nonlarni tarqatib bo‘lish vaqti yarim kechasi 24:00 gacha qolib ketardi. Ekspeditorlar uyga ketgandan keyin yana erta tongda soat 07:00 ga qadar kelishi kerak edi.
Undan tashqari ishlab chiqarishning kunduzgi va kechki navbatchiligida ishchi xodimlar yetishmovchiligi bor edi. Nonlarni o‘z vaqtida ishlab chiqarib bera olmaganligi va o‘z vaqtida yetkazib berishda ulgurilmaganligi oqibatida xodimlar ham, xaridorlar ham norozi bo‘lar edi.
Bu xodisa ko‘z oldimizda 2 yil davom etdi. Biznes egasi 2 yil davomida qiynalib ketgandan keyin moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish va savdo tahlili o‘tkazish uchun bizning “Jetso” autsorsing agentligiga murojaat qildi.
Moliyachi direktorimiz birinchi navbatda daromad va sof foyda rentabelliklarni ko‘zdan kechirdi, pul oqimini tahlil qilib chiqib biznesning pul oqimida yetishmovchiliklar borligi hamda biznes ishlab topayotgan sof foyda biznes uchun yetarli emasligini aniqlandi. Buning uchun daromadni oshirish kerak degan xulosaga kelindi.
Daromadni oshirish uchun xaridorlar keltirayotgan marjanal daromad va ular qaytarayotgan nonlar bo‘yicha ABC-ABC tahlil o‘tkazildi.
Bu xaridorlarni Paretto qoidasi bo‘yicha ajratib berar edi. Tahlil natijalaridan kelib chiqib, xaridorlarning ichidan 80 foiz marjanal daromad keltirayotgan 20 foiz xaridorlar ajratib olindi. Bundan tashqari 15 foiz marjanal daromad olib kelayotgan 15 foiz hamda 5 foiz marjanal daromad olib kelayotgan 65 foiz xaridorlarga ajratildi.
Shundan keyin biznes egasi 80 foiz marjanal daromad va 0,5 foiz non qaytarayotgan do‘konlarni ajratib oldi, ularning soni 323 ta atrofida edi. Savdo bazasidan ushbu xaridorlarni nomining old qismiga AA, AB, AC kategoriyadagi xaridorlar sifatida ajratib olinganligi sababli, birinchi e’tiborni ushbu mijozlarga, ya’ni ekspeditorlarni ichidan eng tezkor va eng erta keladiganlarni tanlab olib, ularni A-kategoriyadagi do‘konlarga soat 11:00 ga qadar yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu do‘konlarga o‘z vaqtida, ya’ni tushlik vaqtigacha nonlar yetkazib berilganligi sababli, do‘konlarga kirib kelayotgan iste’molchilarni tushlik hamda kechki vaqtda kirib kelayotgan iste’molchilarni non bilan ta’minlash imkoniyati yuzaga keldi.
B toifadagi xaridorlar uchun nonlarni qaytarib olishni 50x50, C toifadagi mijozlar bilan nonlarni qaytarib olmaslik shartlari qo‘ydildi. Chunki ularga 3 tadan 5 tagacha nonlar sotilar edi.
Ushbu qaror qabul qilingandan keyingi oylik daromad 1,5 barobarga oshdi, ya’ni asosiy marjanal daromad olib kelayotgan do‘konlarga tushlikgacha non yetkazib berilganligi hamda polkada yetarli nonlar bo‘lganligi sababli non xarid qilish soni 1,5 barobarga ko‘paydi.
Shundan keyin 1 yil davomida bo‘sh vaqt bo‘lganligi sababli marjasi yuqoriroq bo‘lgan va bozorda xaridorgir yangi toster non ishlab chiqarish liniyasini yo‘lga qo‘yildi, fabrikaning oylik daromadi 2,5 barobarga oshdi.
Endilikda biznes egasining yana ham xaridorgir yangi mahsulotlar ustida ishlash uchun vaqti qolmoqda.