Biz moliyasini boshqargan bir biznesda juda ham ko'plab muammolar bor edi.Ularda kunlik kassa chiqmas, chiqsa ham pul nazorati yo'q edi maxsulot tannarxi chiqazilmasdi.Ustiga ustak savdo va tushum bir xil hisoblanar va nasiya savdo ko'payib ketgan. Tushum va to'lov reja asosida qilinmaganligi sababli pul tugab qolish muammolari bor edi .
Moliyachi direktorimiz biznes xolatini zudlik bilan diagnostika qilib va shunga asoslanib yo'l xaritasini ishlab chiqdi.Moliyachi direktorimiz pul nazoratini qo’lga olish uchun “Cash Flow” hisobotini joriy qildi va kunlik “Kassa” chiqarish holatiga olib keldi. Biznesda oylik majburiyatlar aniq bo’lmaganligi sababli, majburiyatlar aniqlandi.
Shu kungacha biznes foydadami yoki zararda aniq javob yo’q edi. Chunki moliya tizimiga ma’lum bir shaxs javobgar emas edi.Bu muammoni “P&L” hisoboti orqali bartaraf etdik va hozirgacha biznes foydadami yoki zararda aniq raqamlarda ko’rib kelyapmiz.
Bu hisobotlarni tayyorlashga qariyb 6 oy vaqt ketti, shu vaqt davomida biznes rivojlanishi 30% ga oshdi.Hozirgi kunda biznesda barcha hisobotlar aniq ishlab kelmoqda va hamkorimiz bundan mamnun.
Raxbar biznesingizda haqiqatdan ham kuchli moliya tizimini qurishni istasangiz sizga yordam berishdan xursand bo'lamiz!