Toshkentda bir qancha qahvaxonalar tarmog'i asoschisi bizga shunday muammo bilan murojaat qildilar. Ya'ni omdorda oy oxirida kamomadlar kelib chiqyapti. Biz birinchi navbatda holatni diagnostika qilib, moliyachi direktor biriktirdik.
Avvalo bizning moliyachi direktor biznesda moliya tizimi to’liq yo’lga qo’yilmaganligi uchun “Boshqaruv hisobotlari arxitekturasi”ni ya’ni “Yordamchi” hisobotlarni tayyorladi. 3 oy davomida barcha “Yordamchi” hisobotlar va “Ombor” hisoboti tayyorlandi. Shu bilan birga doimiy tarzda yuritila boshladi.
So’ngra asosiy moliyaviy hisobotlar tayyorlandi. Bu asosiy moliyaviy hisobotlarga nimalar kiradi ? • “Cash Flow” - Pul oqimi to’g’rididagi hisobot, “P&L” - Foyda va zarar hisoboti va “Balance sheet” - Boshqaruv balansi hisoboti. Yuqoridagi “Boshqaruv hisobotlari”ni tayyorlashga ham qariyb 1 oy vaqt ketdi.
Natijada omborda kamomadlar butkul bartaraf etildi, biznes egasining sof foydasi avvalgidan 43% ga oshdi, balansda esa barchasi soatdek to’g’ri chiqyapti.
• Siz ham shunday muammolardan xalos bo’lishni istasangiz yordam berishdan minnatdor bo’lamiz.