Yaqinda viloyatda faoliyat olib boradigan distributsiya sohasidagi bir kompaniya murojaat qildi. Biznes egasi biznesdagi moliyaviy holatini to‘g‘rilash uchun “Jetso” jamoasi tomonidan diagnostika o‘tkazishni so‘radi. Ushbu murojaatni o‘rganish uchun moliyaviy tahlilchilar jamoasi diagnostika qilishga bordi.
Biznes o‘z faoliyatini 2017 yilda boshlagan edi, 6 yil davomida biznesning oylik aylanma mablag‘i 25 barobarga oshgan, juda ham tez o‘sgan. Buni o‘rganish uchun moliyaviy tahlilchilar hisobotlarni o‘rganib chiqa boshladi. Boshqaruv hisobotlar mavjud, ammo yetarli darajada standart formada ishlab chiqilmaganligi sababli, biznes egasi 3 ta boshqaruv hisobotini bitta jadvalga joylagandi. Natija esa chiqarilayotgan qarorlarni 50 foiz aniqligiga ta’sir qilardi.
Biznes dasturlar orqali yetarlicha raqamlashtirilganligi sababli xulosa chiqarish qiyin bo‘lmadi.
Biznes egasiga: “Tez-tez pul taqchilligiga tushib turasizmi?” - deb so‘raganimizda, har doim deb javob bergandan keyin buning sababini o‘rgana boshladik. Sababini aniqlash uchun uning majburiyatlarini yig‘ib chiqishga to‘g‘ri keldi. Sababi shu bo‘lib chiqdiki, boshqaruv balans orqali biznes o‘z mablag‘i hisobidan emas mol yetkazib beruvchilarni tovarlari mablag‘lari hisobidan rivojlanayotganligini aniqladi.
Biznesdagi pullar bilan shaxsiy pullar aralashib ketganligi hisobiga biznesni sof foydasidan ko‘ra ko‘proq mablag‘ yechilib, boshqa biznesga, asosiy vositalariga va transport vositalariga yo‘naltirilganligi aniqlandi.
Ushbu kamchiliklar aniqlangandan keyin biznes egasi “Jetso” moliya autsorsing jamoasi bilan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun birgalikda ishlashni taklif qildi.
Xozirgi kunda shartnoma imzolanib, yuqoridagi kamchiliklar bartaraf qilish uchun moliyachi direktorlar jamoasi boshqaruv hisobotlarini to‘g‘rilashmoqda. Birinchi navbatda shaxsiy va biznesdagi pullar ajratilishi bo‘yicha tadbir qilindi. Undan tashqari marketing va sotuv jamoasini kuchaytirish bo‘yicha moliya modeliga ham tayyorgarlik ko‘rilmoqda.